uzmas.ru

Ommaviy oferta (shartnoma)

(21.01.2021 yildagi tahrir)

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. O’zbekiston Respublikasi, 120200, Sirdaryo viloyati, Boyovut shaharchasi, Ijodkor MFY, Moliya binosi ro'parasi (IT Service) manzili bo’yicha joylashgan (MikrokreditBank Boyovut tuman filiali, hisob raqami № 2020 8000 5053 3078 5001, MFO: 00384, STIR: 308 105 907, kelgusida «uzmas.ru» deb nomlanadigan «YOQUBOVINFO» Mas’ulyati cheklangan jamiyat, quyida berilgan shartlarga muvofiq ​(bundan keyin Shartnoma tomonlari deb birgalikda nomlanadi) quyida keltirilgan xatti-harakatlarni bajarish yo’li bilan ushbu Shartnomani qabul qiluvchi jismoniy shaxslarga ​(bundan keyin «foydalanuvchi») ​ ga veb sayt materiallarini onlayn taqdim etish xizmatlarini ​(bundan keyin - «onlayn veb sayt maxsulotlari») ​ ni taqdim etadi.
1.2. Ushbu Ommaviy oferta veb saytlarni tayyorlash, yaratish uchun materiallarini onlayn taqdim etish xizmati bo’yicha tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Bundan keyin matn bo’yicha Shartnoma (ushbu shartnoma) va Oferta (ushbu oferta) atamalari bir xil ahamiyatga ega.
1.3. Ommaviy oferta shartlari, shartnoma tomonlari rioya qilishlari kerak bo’lgan boshqa talablar - onlayn savdo veb saytining qoidalari hisoblanadi.
1.4. uzmas.ru saytida foydalanuvchi sifatida ro’yxatdan o’tish jarayonida internetda https://uzmas.ru/ommaviy-oferta.html manzilida joylashgan ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan (aksept) vaqtdan boshlab shartnoma kuchga kirgan hisoblanadi.

2. ATAMALAR

2.1. uzmas.ru onlayn savdo sayti bo’yicha xizmat ko’rsatish uchun tuzilgan mazkur shartnomada qo’llangan atamalar quyidagicha tushuniladi:
«Shartnoma» - ​ ​ uzmas.ru onlayn savdo sayti bo’yicha xizmat ko’rsatiluvchi amaldagi ushbu ommaviy oferta tushuniladi. Oferta matni ​internetdagi https://uzmas.ru/ommaviy-oferta.html manzilida joylashtirilgan.
«uzmas.ru»​ ​- Veb saytlar uchun turli xil materiallarni onlayn xarid qilish uchun mo'ljallangan veb sayt.
«Veb saytlar uchun materiallar savdosi» - ​veb saytlar uchun scriptlar, shablonlar, grabberlar va parserlar, grafika materiallar to’plami.
«Sayt» - ​uzmas.ru domen hududida joylashgan, o’zida ma’lumotlar, matnlar, grafik elementlar, dizayn, tasvir, foto va videomateriallar, intellektual faoliyatning boshqa natijalarini jamlagan materiallar to’plami.
«YOQUBOVINFO» MChJ - ​yuridik shaxs sifatida O’zbekiston Respublikasida bo’yicha ro’yxatdan o’tgan, uzmas.ru loyihasining huquqiy muallifi hisoblangan muassasa. “YOQUBOVINFO”, “YOQUBOVINFO.UZ”, “IT SERVICE”, “UZMAS.RU” kabi qisqarma so’zlar, jumlalar bir xil va bunda «YOQUBOVINFO» MChJ tushuniladi. Manzil: Sirdaryo viloyati, Boyovut shaharchasi, Ijodkor MFY, Moliya binosi ro'parasi (IT Service). Tel.: (+99894) 588-56-56.
«Tomonlar» - ​Foydalanuvchi va uzmas.ru xizmati.
2.2. Atamalar bo’yicha tushunmovchilik yuzaga kelganda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Internetning texnik talablariga muvofiq hal qilinadi.

3. SHARTNOMA TUZISH TARTIBI

3.1. Shartnoma, yani ommaviy ofertaning matni internetdagi https://uzmas.ru/ommaviy-oferta.html manzilida doimo mavjud bo’lib, saytda ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rish va tanishish lozim bo’ladi. Shartnoma matni O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
3.2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasiga asosan foydalanuvchi tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi Mazkur taklifni to’laligicha qabul qilish hisoblanadi:
3.2.1. uzmas.ru saytiga tashrif buyurish;
3.2.2. Tanlagan veb sayt maxsuloti uchun to’lovni amalga oshirish.

4. SHARTNOMA PREDMETI

4.1. uzmas.ru​ foydalanuvchining arizasiga binoan, tanlangan veb sayt maxsulotini tavsifida ko'rsatilgan miqdorda va vaqt oralig’ida xizmat ko'rsatishni va foydalanuvchi bunday xizmatlarni qabul qilish va to'lovni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga oladi.

5.TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Foydalanuvchi quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
     5.1.1. To’lovni amalga oshirib sotib olgan veb sayt maxsuloti materiallaridan belgilangan vaqt davomidan foydalanish huquqiga ega.
     5.1.2. Ushbu Oferta shartlari bilan tanishish va ularga rioya qilish;
     5.1.3. Veb sayt maxsuloti materiallarini qonunga qarshi maqsadlarda ishlatmaslik, uzmas.ru bilan o‘zaro bog‘liq uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan harakatlarni bajarmaslik, shuningdek o‘zining qurilmasidagi dasturiy ta‘minotni, materiallarni tarqatmaslik va tarqatishga imkon yaratmaslik, foydalanuvchi ma’lumotlarini soxtalashtirmaslik, dasturiy ta‘minotning, saytning normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;
     5.1.4. Veb sayt maxsuloti to’liq o'rnatilishi;
     5.1.5. Veb sayt maxsuloti materiallaridan faqat yakka o’zi veb sayti uchun foydalanishi;
     5.1.6. Uchinchi shaxslarga topshirishi yoki boshqa oferta qoidalarini buzuvchi maqsadlarda foydalanmasligi.
     5.1.7. Oferta, saytdan foydalanish bo’yicha Yo’riqnoma talablariga to’liq amal qilish.
     5.1.8. Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu Shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5.2. uzmas.ru xizmati quydagi huquq va majburiyatlarga ega:
     5.2.1. Ofertada va o’z saytida ko’rsatilgan xizmatlarni taqdim etishi.
     5.2.2. Veb sayt maxsulotidan foydalanuvchilarga xizmatlarni ko’rsatish chog’ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko’rishi;
     5.2.3. Foydalanuvchilarga xizmatlardan foydalanish, bu xizmatlar uchun hisob-kitoblar, xizmat sifati masalalari yuzasidan maslahat berilishini uyushtirishi;
     5.2.4. Foydalanuvchining shaxsiy ma‘lumotlarini muhofaza qilish uchun zarur choralar ko’rishi va ma‘lumotlarning konfidentsialligini ta‘minlashga qaratilgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya qilishi shart.
     5.2.5. Shuningdek, O’zbekistan Respublikasi qonun hujjatlarida va ushbu Shartnomada ko’zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

6. XIZMAT KO’RSATISH TARTIBI

6.1. Ommaviy oferta foydalanuvchi tomonidan qabul qilinib, to’lovni amalga oshirgan vaqtdan boshlab veb sayt materiallaridan foydalanish imkoniyati beriladi.
6.2. uzmas.ru ko’rsatilgan xizmatlarni faqatgina saytga tegishli boshqa dasturiy ta’minotlar orqali taqdim etadi.
6.4. Xizmat ko’rsatish muddati:
     6.4.1. Har bir maxsulot tarkibi, tavsifi va miqdori o’ziga xos bo’lishi mumkin. Va bu ma’lumotlar veb saytda ko’rsatilgan bo’ladi, o’zgarib turishi mumkin.
     6.4.2. Bir marta qilingan to’lov tanlangan maxsulot 12 oy davomida foydalanish huquqini beradi. Vaqtni hisoblash kalendar kun va soatlarda hisoblanadi. Masalan, 2020 yil 13 avgust soat 20:00da to’lov qilinib o’quv kursi sotib olingan bo’lsa, bu o’quv kursining muddati 2021 yil 13-avgust soat 20:00da tugaydi.
     6.4.4. uzmas.ru yordam xizmati xodimlarining ish vaqti haftaning dushanba-shanba kunlari, soat 9:00-20:00, ​UTC/GMT +​ 5 Toshkent mintaqasi vaqti.

7. MOLIYAVIY SHARTLAR

7.1. uzmas.ru onlayn veb sayt maxsulotlarining tavsifi va narxlari veb sahifada har biri uchun alohida ko’rsatilgan bo’ladi. Foydalanuvchi o’zi tanlab to’lovni amalga oshiradi.
7.2. Foydalanuvchi shartnomaning 7.1-bandiga asosan tanlagan o’quv kursi uchun to’lovni oldindan to'liq to'laydi. Shartnomada aniq belgilangan holatlardan yoki foydalanuvchi va uzmas.ru tomonidan alohida kelishilgan holatlar bundan mustasno. Foydalanuvchi maxsulotning sahifasida ko’rsatilgan pul to’lovlarini uzmas.ru tomonidan jalb qilingan onlayn to'lov xizmatining dasturiy vositalari yordamida o'tkazadi. Bunda tomonlar xizmatlar, agregatorlar va/yoki to'lovlarni yetkazib beruvchilar ushbu pul mablag'larini o'tkazish uchun haq olib qolishlariga rozilik bildiradi.
7.3. Agar foydalanuvchi Shartnomaning 7.1-bandida ko'rsatilgan xizmat haqini to'lamagan bo'lsa virtualdars.uz Shartnomadagi xizmatlarini ko'rsatmaslik huquqiga ega.
7.4. Xizmat haqi to'langanidan so'ng o’quv kursi sotib olingan hisoblanadi. Agar foydalanuvchi xizmatning taqdim etilishini rad etsa, sayt materiallaridan foydalanish imkoni ochilganligi va to’lov uchun xizmat ko’rsatish to’liq amalga oshirilganligi sababli to’langan mablag'lar to’lovchiga qaytarilmaydi.

8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA XIZMATDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZISH

8.1. uzmas.ru xizmati shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, xizmatlari ko’rsatishning e‘lon qilingan sifati, ularni ko’rsatish muddatlari va kamchiliklarini bartaraf etish muddatlarining buzilganligi uchun O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki ushbu Shartnomada ko’zda tutilgan tartib va miqdorda javobgar bo’ladi.
8.2. uzmas.ru faqatgina o’z xato kamchiliklari uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.

9. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI.

9.1. Bajarish bilan bog'liq bo'lgan barcha nizolar, tortishuvlar va shikoyatlar, shartnomani bekor qilish holatlarni tomonlar muzokaralar orqali hal qilishga harakat qilinadi. Shikoyatlar va/yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tomonlar Shartnomaning 9.1 bandiga ko’ra boshqasiga xabar jo'natadi;
9.2. Xabarga javob yuboruvchi tomon tegishli xabar kelgan paytdan e'tiboran 30 (o'ttiz) kun ichida qaror qabul qilmasa yoki tomonlar paydo bo'lgan har qanday da'vo va/yoki kelishmovchiliklar haqida kelishuvga kelmasa, amaldagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, nizo virtualdars.uz joylashgan joyidagi sud tomonidan hal etilishi kerak.

10. FORS-MAJOR

10.1. Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun «Fors-major» Fors-major to’g’risida e‘lon qilayotgan tomon barcha oqilona xatti-harakatlariga qaramay, oldini olish, yengib o’tish yoki cheklash imkoniyatiga ega bo’lmagan qandaydir voqea-hodisani bildiradi, shu jumladan, urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, davlat hokimiyati organlarining qarorlari, embargo, yong’inlar, portlashlar, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy ofatlar, ushbu voqea-hodisa O’zbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida sodir bo’lganligidan qat‘i nazar. Ammo pul yo’qligi yoki yetishmasligi fors-major holati bo’lib hisoblanmasligi sharti bilan.
10.2. Istalgan fors-major holati yuzaga kelganda, ushbu shartnoma bo’yicha qaysidir majburiyatning (pul to’lash to’g’risidagi majburiyatdan tashqari) Tomon tarafidan bajarilishi bunday fors-major holatiga taalluqli bo’lsa, «Ziyon ko’rgan tomon» darhol ikkinchi tomonni fors-major holatlarining mavjudligi, boshqa tomonga ziyon va zararni kamaytirish va ziyon ko’rgan tomonga ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun barcha kerakli choralarni ko’rish to’g’risida yozma shaklda xabardor qiladi («Fors-major to’g’risida bildirish»).
     Fors-major to’g’risidagi bildirish:
     a) Fors-major voqea-hodisasini ko’rsatishi;
     b) Ziyon ko’rgan tomonning o’z majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga uning ta‘sirini oqilona tafsilotlar bilan tavsiflash;
     v) ushbu tomon tarafidan boshqa tomonga yetkaziladigan ziyon yoki zararni kamaytirish va ziyon ko’rgan tomonning ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun ko’riladigan choralarni tavsiflash.
10.3. Yuzaga kelgan favqulodda holatlar to’g’risida bildirmaslik yoki o’z vaqtida xabar qilmaslik tegishli tomonni shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun uni javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida bu holatlardan biriga havola qilish huquqidan mahrum qiladi.
10.4. Agar fors-major bilan bog’liq holda tomonlardan biri ushbu shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarining bajarilishini kechiktirsa, bunday kechiktirish davri ushbu shartnomada ko’zda tutilgan muddatlarni hisoblashda hisobga olinmaydi va bu tomon fors-major holati sabab bo’lgan bajarmaslik doirasida shartnoma bo’yicha olingan majburiyatning kechiktirib bajarganligi uchun haqli deb topiladi, ammo fors-major tufayli tomonlardan biri fors-major to’g’risidagi bildirish uzatilganidan keyin oltmish (60) kun davomida o’z majburiyatlaridan qaysi birlarini bajara olmasa, tomonlar ushbu fors-major holatining oqibatlarini aniqlash uchun darhol maslahatlashishlari va vaziyatga bog’liq holda tomonlarning ixtiyoriga ko’ra kerakli choralarni qabul qilishlari kerak. Agar tomonlar fors-major to’g’risida bildirish topshirilgan kundan boshlab to’qson (90) kun davomida o’zaro maqbul choralar bo’yicha bitimga kelishmasa, tomonlardan har biri ushbu shartnomani bekor qilishi mumkin

11. YAKUNIY QOIDALAR

11.1. Tomonlar ushbu shartnomani bajarishda (o'zgartirish, qo’shimcha kiritish, bekor qilish), shuningdek boshqa masalalar bo'yicha yozishmalar o'tkazishda tomonlarning imzosining analoglaridan foydalanishga ruxsat berishlarini tasdiqlaydi. Tomonlar imzolangan (oferta va aksept)dan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish doirasida barcha bildirishnomalari, xabarlari, shartnomalari va hujjatlari Tomonlar uchun yuridik kuchga ega va bajarish uchun majburiydir. Imzosining analoglari sifatida shaxsiy kabinetdagi ro’yhat yozuvlari va tasdiqlangan elektron pochta manzili hisoblanadi.
11.2. Tomonlar vakolatli elektron pochta manzili orqali yuborilgan barcha bildirishlar, xabarlar, bitimlar, hujjatlar va xatlar teskarisi aniq ko'rsatilmagan bo’lsa tomonlar tomonidan yuborilgan va imzolangan deb hisoblanadi.
11.3. Tomonlar elektron pochta manzilini vakolatli deb tan oladilar:
     11.3.1. uzmas.ru uchun: yoqubovinfo@gmail.com;
     11.3.2. Foydalanuvchilar uchun o'zi ko’rsatgan elektron pochta manzili.

12. SHARTNOMA SHARTLARINI O’ZGARTIRISH

12.1. uzmas.ru bir tomonlama ofertaning shartlarini o'zgartirish huquqiga ega va ushbu o'zgarishlar Internetda https://uzmas.ru/ommaviy-oferta.html saytida e'lon qilinganidan keyin kuchga kiradi. Shu bilan birga, Shartnomaning eski versiyasiga asosan to’lovlarlar to'lanishi Shartnomaning yangi nashrini chop etishdan oldin amalga oshirilgan bo'lsa, maxsulotni taqdim etish muddati tugagunga qadar tomonlar uchun amal qiladi.
12.2. Shartnoma tomonidan hal qilinmagan barcha boshqa masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida hal qilinadi.

13. SHARTNOMA MUDDATI

13.1 Ushbu shartnomaning amal qilish muddati uni tuzish (Ofertani akseptlash sanasi) (3.2.-band) paytidan boshlanadi va tomonlarning ushbu shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarib tugatish vaqtigacha yoki uning to’xtatilishigacha amal qiladi. Agar boshqacha qoidaga tomonlar kelishmagan bo’lsa, ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.